Emmanuel Boateng
|
Boateng with LA Galaxy in 2019 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Emmanuel Agyenim Boateng | ||
| Tavallud sanasi | 1994-yil 17-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Accra, Ghana | ||
| Boʻyi | 5 ft 6 in[1] | ||
| Ampluasi | Winger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | San Diego FC | ||
| Raqami | 24 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2006–2009 | Right to Dream Academy | ||
| Cate School | |||
Emmanuel Agyenim „Ema“ Boateng (talaffuzi: Emmanuel Agyenim Boateng) 1994-yil 17-yanvarda Gana poytaxti Akkrada tugʻilgan. Ganalik futbolchi „New England Revolution“ klubining vingeri.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boateng Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti jamoasida oʻynagan[2]. Oilasi AQShga koʻchib oʻtgandan keyin u oʻsha yerda oʻqishini davom ettirgan.
2013-yilda „Ventura County Fusion“ jamoasi uchun toʻrtinchi divizionda oʻynadi.
Oʻsha yilning yozida Boateng Shvetsiyaning „Xelsingborg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 5-avgust kuni „Djurgården“ga qarshi oʻyinda u „Allsvenskan“da debyut qildi[3]. 2015-yilning 30-aprelida „Sundsvall“ga qarshi kechgan bahsda Emmanuel „Helsingborg“ safida ilk golini urdi[4].
2016-yil boshida Boateng AQShga qaytib, „Los Angeles Galaxy“ safiga qoʻshildi[5]. 12-mart kuni u MLSdagi debyutini „Colorado Rapids“ga qarshi oʻtkazdi[6]. 23-aprel kuni „Real Salt Lake“ ga qarshi bahsda Emmanuel „Los Angeles Galaxy“ safida oʻzining birinchi golini urdi va ikkita golli uzatma berdi, buning uchun u MLSda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[7][8]. 2018-yilgi mavsum oxirida Boatengning „Los Angeles Galaxy“ bilan shartnomasi tugadi. Ammo 2019-yilning 14-yanvarida klub futbolchi bilan qayta shartnoma imzoladi[9][10].
2019-yil 7-avgustda Boateng „DC United“ga 250 000 dollarga sotildi[11]. U „Washington“ klubidagi debyutini 17-avgust kuni „Vancouver Whitecaps“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[12].
2020-yilning 14-avgustida Boateng „Columbus Crew“ safiga qoʻshildi[13][14]. U „Crew“ uchun debyutini 20-avgust kuni „Chicago Fair“ga qarshi oʻtkazdi[15]. 2020-yilgi mavsum oxirida „Columbus Crew“ Boateng bilan shartnomani uzaytirmadi[16].
2021-yilning 7-yanvarida Boateng „New England Revolution“ga bepul transfer orqali qo‘shildi[17][18]. „New England Revolution“ uchun u 7 iyul kuni „Toronto“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi [19] . 21-avgust kuni „Cincinnati“ga qarshi oʻyinda u „New England Revolution“ uchun birinchi golini urdi va golli uzatmani ham amalga oshirdi[20].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Nomi | Mamlakat | Mavsum | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|---|
| Ventura County Fusion | 2013 | 5 | 1 | |
| Helsingborgs IF | 2013-2016 | 44 | 7 | |
| LA Galaxy | 2016-2019 | 122 | 11 | |
| D. C. United | 2019-2020 | 4 | 0 | |
| Columbus Crew S. C. | 2020 | 12 | 0 | |
| New England Revolution | 2021 | 34 | 4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Emmanuel Boateng“. New England Revolution. 2024-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ „Ema Boateng“ (en). UC Santa Barbara. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Юргорден VS. Хельсингборг 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-avgust). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ „Хельсингборг VS. Сундсвалль 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-aprel). 2015-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ „LA Galaxy acquire forward Emmanuel Boateng“ (en). LA Galaxy (2016-yil 14-yanvar). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Колорадо Рэпидз VS. Лос-Анджелес Гэлакси 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-mart). 2016-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ Alicia Rodriguez. „LA Galaxy 5, Real Salt Lake 2 | 2016 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 24-aprel). 2016-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ Franco Panizo. „LA Galaxy newcomer Emmanuel Boateng voted MLS Player of the Week for Week 8“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 26-aprel). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „LA Galaxy re-sign midfielder Emmanuel Boateng“ (en). LA Galaxy (2019-yil 14-yanvar). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ Tom Bogert. „LA Galaxy re-sign midfielder Emmanuel Boateng“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 14-yanvar). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ Tom Bogert. „DC United acquire Emmanuel Boateng from LA Galaxy for allocation money“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 7-avgust). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Post-Match Facts | #VANvDC“ (en). D.C. United (2019-yil 18-avgust). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ Tom Bogert. „DC United, Columbus Crew SC swap Emmanuel Boateng, Axel Sjoberg in trade“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 14-avgust). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „Columbus Crew SC acquires midfielder Emmanuel Boateng in trade with D.C. United“ (en). Columbus Crew SC (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „RECAP | Columbus Crew SC 3 — 0 Chicago Fire FC — Aug. 20, 2020“ (en). Columbus Crew SC (2020-yil 20-avgust). 2020-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „RELEASE | Core of 2020 MLS Cup-winning Columbus Crew SC roster to return in 2021“ (en). Columbus Crew SC (2020-yil 14-dekabr). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
- ↑ „New England Revolution sign midfielder Emmanuel Boateng“ (en). New England Revolution (2021-yil 7-yanvar). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
- ↑ Ari Liljenwall. „New England Revolution sign veteran midfielder Emmanuel Boateng“ (en). MLSsoccer.com (2021-yil 7-yanvar). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
- ↑ „Recap | Revs suffer first home loss of 2021, fall 3-2 to Toronto FC“ (en). New England Revolution (2021-yil 7-iyul). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Recap | 4-1 win over FCC stretches Revs' unbeaten run to nine, lead atop East to 15 points“ (en). New England Revolution (2021-yil 21-avgust). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
